Uch ekranli Samsung Galaxy Note 4 3-sentabr kuni taqdim etiladi
Samsung o‘zining yangi Galaxy Note 4 qurilmasini 3-sentabr —
Berlindagi IFA 2014 ko‘rgazmasi arafasida taqdim etishi mumkin. Bu haqda
Mail.ru xabar berdi.
Avvalroq Galaxy Note 4 5,7 dyuymli ekranga ega bo‘lishi
haqida xabar tarqalgan edi. Yana boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, uning displeyida
uch tomonlama yuza mavjud bo‘ladi. Bunda ekran ikki tomonga egiladi va natijada
uchta yuza hosil bo‘lib, ularning barchasi bir-biridan mustaqil ravishda
ishlaydi. "Yon displeylar”da foydali ma’lumotlar, jumladan kelayotgan xabarlar
aks etadi. Ularni o‘qish uchun foydalanuvchidan ortiqcha urinish talab
qilinmaydi.
Galaxy Note 4 to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805
protsessori, 3 Gb tezkor xotira, 16 megapikselli kamera bilan jihozlanadi.
Bundan tashqari, S Pen stilusining imkoniyatlari ham kengaytiriladi.