Suratga olish maydonchalarida injiqlik qilishni yoqtiradigan turk aktrisalari haqida ma’lumot beramiz. Fahriye Evjen Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen eng injiq va janjalkash aktrisalardan biri hisoblanadi. “Kurt Seit va Shura” filmining suratga olish jarayonlarida aktrisa hamkasbi Elchin Sangu bilan urishib qolgan. Janjal shu qadar jiddiy ediki, Elchin suratga olish guruhi a’zolarining ko‘z o‘ngida yig‘lab yubordi. Aktrisa bilan ushbu filmda birga rol ijro etgan aktyor Kivanch Tatlitug‘ esa boshqa hech qachon Fahriye bilan bir filmda rol ijro etmasligini aytgan. Fahriye bilan ishlaydigan grimyorlarga ham oson emas. Agar unga makiyaj yoqmasa, aktrisa makiyajni yuvib tashlaydi va o‘zi xohlaganidek bo‘yanib oladi. Fahriye suratga olish jarayonlariga tez-tez kechikib keladi. Agar jarayon cho‘zilsa, u uyga ketib qolishi ham mumkin. Hazar Erguchlu Aktrisaning fe’l-atvori juda og‘ir. Agar u ertalab chap oyog‘i bilan turgan bo‘lsa, butun suratga olish guruhiga buning ta’siri bilinadi. Uning kayfiyati yaxshi bo‘lganida esa muammolar kuzatilmaydi. Hulya Avshar “Muhtasham yuz yil: Ko‘sem imperiyasi” filmi yulduzi prodyuserlarga o‘z shartlarini aytib, filmda suratga tushishga rozilik beradi. Uning grimxonasida ma’lum brendning mineral suvi bo‘lishi kerak. Ushbu suv juda qimmat bo‘lib, Turkiyada uni topish amri mahol. Shuningdek, grimxonada massaj kreslosi ham bo‘lishi kerak. Sanam Chelik “Aliya” seriali yulduzining xarakteri o‘ta og‘irligi “Hech narsaga qaramay birga yashash” filmida sezildi. U suratga olish jarayoniga aralashaverdi hamda deyarli barcha hamkasblari bilan aytishib qoldi. Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi suratga olish jarayonida o‘zini xuddi malikalardek tutdi. Dastlab uning yashashi uchun ijaraga olingan xonadon yoqmadi. Maryamni Turkiyadagi eng qimmat mehmonxonaga o‘tkazishdi. Biroq u yerda ham aktrisaga yoqmagan jihatlar topildi. Unga umumiy trenajyor zaliga borish yoqmadi. Shuning uchun u mehmonxona xodimlaridan yugurish yo‘lakchasini nomeriga o‘rnatib berishni so‘radi. Mehmonxona xodimlari ushbu so‘rovga rad javobini berdi. Shundan so‘ng loyiha prodyuserlari aktrisaga yugurish yo‘lakchasi sotib olib berdi. Maryamning injiqliklaridan serial muxlislari ham aziyat chekdi. U serialning suratga olish ishlari tugamasidan undan ketishga qaror qildi.