Turkiyaning Anqara shahrida kuchli Portlash Yuz berdi
Bugun, 17 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida joylashgan harbiylar yotoqxonasida kuchli portlash sodir etildi. Bu haqda mahalliy OAVlar ma’lumotlariga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash ovozi Anqaraning bir nechta tumanlariga eshitilgan. Shuningdek, uzoq masofadan ham tutun ko‘ringan. Portlash yuz bergan hududga Turkiya xavfsizlik xizmati yetib kelgan. Portlash sabablari hozircha oshkor etilmayapti.
4 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ham portlash sodir bo‘lgan edi. Portlash oqibatida ikki kishi jabrlangan.
12 yanvar kuni esa Istanbul shahridagi Sultonahmad maydonida portlash sodir bo‘lishi oqibatida 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi. Halok bo‘lganlarning aksariyati Germaniya fuqarolari bo‘lgan.