Turkiyaning sharqiy qismida joylashgan Tunceli viloyatining mahalliy sud idorasida ishlovchi xodimlar yashaydigan turar joy yaqinida minalashtirilgan avtomobil portladi. Natijada to‘qqiz kishi jarohatlandi. Ularning yetti nafari oddiy fuqarolar va ikki polisiyachi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar yo‘q. Bu haqda Turkiyaning “Dailysabah” nashri xabar bermoqda.
Ismi sir tutilishi sharti bilan xabar bergan shaxsning aytishicha, Kurdiston ishchi partiyasining xudkush jangarisi Ovachiq tumanida minalashtirilgan mashinani portlatib yuborgan, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Istanbul va Midyat shaharlarida bo‘lgan portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan edi. Ikkala qo‘poruvchilik harakati yuzasidan javobgarlikni KIP o‘z bo‘yniga olgan.