Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anning mamlakatimizga davlat tashrifi samarali va mazmunli bo‘ldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarlarining Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralari natijasida 25 ta hujjat imzolandi. Ekspomarkazda ikki mamlakat ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi. Buxoro ziyorati uchrashuvlarga qo‘shimcha mazmun baxsh etdi.
Shuning bilan Turkiya Prezidentining mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.
Rajab Tayyip Erdog‘anni Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoev kuzatib qo‘ydi.