Toshqulov vazirlikdan ketdi. Endi u Prezidentga yanada yaqin
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abduqodir Toshqulov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonga imzo chekdi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Abduqodir Hamidovich Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi rayosat majlisida Bosh vazir Abdulla Aripov Toshqulovga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga bir qator tizimli kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagani uchun hayfsan bergan.