Toshkent shahri yaqinidagi AYoQShlardan birida yong‘in chiqdi
Kun.uz nashri manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 avgust kuni soat taxminan 21:00dan boshlab Toshkentdagi Rohat postidan o‘tgandan keyin Baliqchi aholi punkti yaqinida joylashgan AYoQShda yong‘in chiqqan.
Biroq ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda turlicha taxminlar bildirilmoqda: kimdir Bektemir tumanidagi AYoQSh, kimdir Rohat yonidagi “Artel” fabrikasi yonayapti, degan taxminlar bildirilmoqda. Hozirda shaharning turli burchaklaridan alanganing ko‘rinayotgani haqida ma’lumotlar olinmoqda. Hozircha aniq tafsilotlar mavjud emas. Xabarlarni kuzatib boring.
Oxirgi kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergan. Barcha jabrlanganlar 16-shahar shifoxonasiga yetkazilayotgani haqida xabarlar berilmoqda.