Toshkentda uy-joylarning buzilishi haqida ma’lumot beruvchi xizmat!!
O‘zbekiston arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi Arxitektura va qurilish bo‘yicha Toshkent shahar Bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida buziladigan uy-joy hududlari haqida ma’lumot beruvchi yangi xizmatni ishga tushirdi. Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bir qator formalarni elektron ko‘rinishda to‘ldirish kerak bo‘ladi. Berilgan arizadann keyin xizmat tizimi uni ko‘rib chiqish uchun yo‘naltirilgani haqida ariza beruvchi SMS-xabar jo‘natadi. Shundan so‘ng xizmat ko‘rsatish uy-joylar buzilish borasida tegishli ma’lumotlarni foydalanuvchiga yetkazadi. Agar bir ish kuni davomida kelib tushgan arizaga javob qaytarilmasa ariza bo‘yicha rad berilish sababi javob xati sifatida yuboriladi.