Jahongir Obidovich Ortiqxo‘jaev Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Jahongir Obidovich Ortiqxo‘jaev bungacha “Tashkent city” davlat unitar korxonasining direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jaev "Artel", "Imzo" kabi mashhur o‘zbek korxonalari muassisi hisoblanadi.
Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.