Toshkent shahrida uylar narxi 1 yilda 14,4 foizga arzonlashdi
2015 yil mobaynida Toshkent ikkilamchi uy bozorida o‘rtacha taklif narxi 1 kvadrat metr uchun 777 shartli birlikdan 665 shartli birlikkacha tushdi. Bu esa 14,4 foiz pasayishga teng. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga asoslangan holda «Gazeta.uz» nashri xabar berdi.
O‘tgan yilning dekabr oyida ham narxlar tushishda davom etgan va oy yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 665 sh. b. ni (noyabr oyidagiga nisbatan 3 foizlik pasayish) tashkil qildi.
Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxida 650 sh. b. dan 628 sh. b. ga, g‘isht uylardagi — 736 sh. b. dan 715 sh. b. ga tushish qayd etildi.
3 foizlik pasayish barcha turdagi kvartira narxlariga talluqqli bo‘lgan: 1 xonali uylar narxi 693 sh. b. lan 674 sh. b. ga, 2 xonali uylar narxi 668 sh. b. dan 648 sh. b. ga, 3 xonali uylar narxi 689 sh. b. dan 668 sh. b. ga, 4 xonali uylar narxi 715 sh. b. dan 697 sh. b. ga va ko‘p xonali uylar narxi 709 sh. b. dan 686 sh. b. ga tushgan.
2015 yilning dekabr oyida Toshkent shahridagi 11 tumandan 10tasida o‘rtacha narx pasaygan. Faqat Uchtepa tumanida narxlar o‘zgarmagan.