Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Avgust oyida Toshkentdagi uylar narxi 1 foizga pasaydi

Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi avgust oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 730 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Iyul bilan taqqoslaganda (734 sh. b.) kvartira narxlari 1 foizga pasaydi. Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 697 sh. b., g‘isht uylardagi — 772 sh. b. ni tashkil qildi.
Avgust oyida Toshkentdagi 11 tumandan 6 tasida kvartira narxlari pasaygan, 4 tasida oshgan, 1 ta tumanda esa narxlar o‘zgarishsiz qolgan.
Mirzo Ulug‘bek (724 sh. b.), Yashnobod (656) va Chilonzor (741) tumanlarida narxlar 3 foizga, Sergeli (577) tumanida 2 foizga, Uchtepa (701) va Yakkasaroy (792) tumanlarida 1 foizga tushgan.
Shayxontohur tumanida (851) narxlar 1 foizga, Mirobod (790), Olmazor (719) va Yunusobod (763) tumanlarida 2 foizga oshgan. Bektemir tumanidagi (507) narxlar o‘tgan oyga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3561 | Рейтинг: 0| Рейтинг: pasaydi, Toshkent, uylar narxi, 1 foiz, oyi, Avgust
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное