Toshkentda gaz quvuridan kelib chiqqan avariyada hech kim jabr ko‘rmadi
Toshkent viloyatida gaz quvuridagi avariya tufayli kelib chiqqan yong‘inda hech kim jabr ko‘rmadi. Bu haqda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
2015 yilning 24 avgustida soat 21:00 da Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanidagi “Avesto” fermer xo‘jaligi hududidan o‘tuvchi “Yangier-Toshkent” magistral gaz quvurining 157 km dagi qismida yirik yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan avariya sodir bo‘ldi. Matbuot xabarnomasida ta’kidlanishicha, bu favqulodda vaziyat Toshkent shahrining gaz bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatmagan.
“Jabrlanganlar yo‘q. Qabul qilingan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 23:40 da bartaraf etildi. Voqea joyida “O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutassadi boshqarmalar vakillaridan tuzilgan shtab tashkil etildi. Hozirda gaz quvurining shikastlangan qismini tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarnomada.