«Telegram» o‘rniga chiqarilgan messenjerni 3 daqiqada buzishdi
«Telegram»ning bloklanishi munosabati bilan Qrimda «Dialog M»nomli mahalliy messenjer ishga tushirildi. «Qrimtexnologiya» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan messenjer tezkor va yozishmalar hamda fayllar almashinuvida xavfsiz deya e’tirof etildi. TJ foydalanuvchilar esa «Telegram»ning mazkur muqobilini sinab ko‘rish vaqtida uni uch daqiqada buzib qo‘yishdi, deb xabar beradi «4PDA».
TJ foydalanuvchisi Artyom Legotinning aytishicha, «Dialog M» messenjerining ro‘yxatdan o‘tish tizimidagi nuqson servisning har qanday foydalanuvchisini akkauntiga kirish imkonini beradi. Foydalanuvchilar profilini buzishga 3-4 daqiqa ketadi xolos.
Messenjer kodidagi Artyom tomonidan aniqlangan nuqson o‘ylab topilgan istalgan raqam ostida akkaunt yaratish yoki ushbu raqam orqali ro‘yxatdan o‘rgan profilga to‘liq kirish imkoniyatini beradi. Muallif servis dasturchilari nuqsonni bartaraf etishlari uchun «Dialog M»ni buzish borasidagi to‘liq qo‘llanmachi e’lon qildi.