Stomatologlar Kolaga bo‘lgan muhabbatning oqibatini ko‘rsatdilar
Melburnda joylashgan The Royal Dental Hospital klinikasida ishlovchi dantist Sofi Bomont bolalar va o‘smirlar tomonidan Coca-Cola va Pepsi ichimliklarining iste’mol qilinishi keltirib chiqaradigan oqibatlar aks etgan suratlarni chop etdi.
Rasmlarda ko‘rinishicha, ichimliklardagi shakar ularning tishlarini amalda yaroqsiz holatga keltirib qo‘ygan, deb xabar beradi Mirror nashri.
Shifokorning so‘zlariga qaraganda, bu ichimliklar reklamasi asosan yoshlarga va o‘smirlarga yo‘naltirilgan. Bu esa ularning sog‘lig‘ida salbiy aks etadi.
“Bir banka Kolada 10 choy qoshig‘iga teng shakar bor. Bu bolalarga mumkin bo‘lgan shirinliklar me’yoridan ancha ko‘pdir”, - dedi u.