Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Mardin va Gaziantep provinsiyalarida yuz bergan yo‘l harakati hodisalari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tezda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 avgust kuni Turkiya janubidagi Gaziantep shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Oqibatda 16 kishi vafot etdi, qurbonlar orasida uch nafar o‘t o‘chiruvchi, 4 nafar sog‘liqni saqlash xodimi va ikki nafar jurnalist ham ham bor.

Keyinchalik esa Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyatida ham to‘rtta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berildi. 

Ushbu YTHda dastlab 16 kishi halok bo‘lgani, 29 kishi jarohatlangani aytildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 20 ga yetgan, jarohatlangan esa 30 ga.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2206 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Erdo‘g‘an, bildirdi, Shavkat Mirziyoyev, Ta’ziya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное