Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Qonun matbuotda e’lon qilindi va 6 oydan so‘ng kuchga kiradi, deya ma’lum qiladi “Gazeta.uz”.
Qonun ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari, faoliyatining yo‘nalish va tamoyillarini belgilab beradi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash, konstitutsion tuzum, qonun ustuvorligi, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va boshqalar asosiy vazifalar sifatida keltirib o‘tilgan. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy tamoyillari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat.
 
Ichki ishlar organlari xodimlari o‘z faoliyatida Konstitutsiya, yangi qonun va boshqa qonunchilik aktlariga aniq rioya qilishi va talablarini bajarishi shart. Ichki ishlar xodimlarining o‘z faoliyatida qonunlarni bajarish va ularga rioya qilishdan har qanday chekinishi qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘idagi o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlari, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq bo‘lmagan boshqa biror-bir holatni ro‘kach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlari xodimlariga kimnidir g‘ayriqonuniy harakatlarini sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko‘ndirish, undash taqiqlanadi.
 
Qonunga muvofiq, ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar himoya qilinishini ta’minlaydi.
 
Shuningdek, qiynoqlarga solish, zo‘ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo‘lish man etiladi. Ichki ishlar organining xodimi fuqaroga qasddan og‘riq, jismoniy yoki ma’naviy azob yetkaziladigan xatti-harakatlarga chek qo‘yishi shart.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8171 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное