Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan telefon orqali suhbat qurdi
Bugun, 5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi-Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida o‘zbek va tojik xalqlarini vaqt va tarix sinovidan o‘tgan ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik munosabatlari bog‘lab turishi, bu yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat hamda bir-birining manfaatlarini e’tiborga olgan holda bundan keyin ham samarali hamkorlik uchun qulay va mustahkam asos yaratishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, zamonaviy O‘zbekiston–Tojikiston munosabatlariga asos solgan Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Tojikiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.
Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon bundan keyin ham ochiq va keng ko‘lamli muloqotni davom ettirishlarini, O‘zbekiston va Tojikistonning turli darajadagi so‘nggi muloqotlari chog‘ida qo‘llab-quvvatlangan taklif va kelishuvlar ikki mamlakat xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi vazifalarni birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildirdilar.
Juda Yahsi Yangilik. No Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirzoyevdan Bir Iltimoski Tojikiston Fuqarolari Uchun Viza'ni ham olib tashlasar yashi bolardi deb uyliman