Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining yangi loyihalariga oid suratlar paydo bo'ldi
Shu yilning sentyabr' oyi o'rtalarida O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat MirziyoYev Toshkent shahridagi qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Yunusobod va Mirzo-Ulubek tumanlariga tashrif buyurgan edi. U amaliy safari chog'ida Toshkent metrosining Yunusobod yo'nalishini to'liq qurib bitkazish hamda Toshkent shahrining Sirg'ali tumanigacha Yerusti metro yo'lini qurish ishlarini tezlashtirish vazifasini yuklagandi. Shu kunlarda mazkur mavzu ijtimoiy tarmoqlardagi o'zbekistonliklar tomonidan qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ularda, Toshkent metrosining yaqin kelajakdagi yo'nalishlari hamda Sirg'ali tumaniga boruvchi Yerusti metro bekatlarining ko'rinishiga oid suratlar namoyish etilmoqda. Hususan, shunday suratlardan birida Toshkent metrosining yangi loyihalashtirilayotgan yo'nalishlari aks etgan haritani ko'rish mumkin. Unga ko'ra, kelgusida mavjud metro yo'nalishlari so'nggi bekatdan yana kamida 2ta-3ta bekatga uzaytirilishi, Beruniy bekatidan so'ng uzaytirilgan O'zbekiston yo'nalishining ohirgi bekatidan Sirg'ali tumani tomon yangi Yerusti metro tarmog'i qurilishi rejalashtirilayotganini ko'rish mumkin. O'zbekiston yo'nalishi Do'stlik bekatidan keyin Qo'yliq bozorigacha yangi metro yo'li bilan kengaytirilishi ham belgilangan.