Erdo‘g‘an Rossiyadan Su-24 voqeasi uchun nihoyat uzr so‘radi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘tgan yilning noyabr oyida urib tushirilgan Su-24 samolyoti bilan bog‘liq voqea uchun uzr so‘ragani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Dailysabah” xabar bermoqda.
“Erdo‘g‘an bo‘lgan voqea yuzasidan juda afsusda ekani va Rossiya bilan aloqalarni qayta tiklashga va terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga tayyorligini bildirdi”, deydi Kreml matbuot kotibi.
Dimitriy Peskovning aytishicha, Turkiya prezidenti halok bo‘lgan uchuvchining oilasi va yaqinlariga hamdardligini hamda uni kechirishlarini so‘ragan.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya Su-24 voqeasi uchun uzr so‘rasagina, ikki davlat aloqalari qayta tiklanishi haqida aytib o‘tgan edi. Mana uzr ham so‘raldi, endi Moskvaning javobini kutamiz.