Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Mirziyoyev Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 fevral kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Tojikiston yetakchisiga mamlakatning janubi-sharqida qor ko‘chishi oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

Shuningdpek, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. 

Oliy darajada, eng avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralari muhokama qilindi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlariga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlangan. 

Bo‘lajak tadbirlar, shu jumladan ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi muloqotlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida turar-joy binolari ustiga qor ko‘chishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1909 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bildirdi, Imomali Rahmon, Mirziyoyev, Ta’ziya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное