Shavkat Mirziyoevning Telegram’da rasmiy kanali ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning rasmiy saytida Telegram’dagi rasmiy kanalga havola joylashtirildi. Hozirgi vaqtda Prezident kanaliga 5000 dan ortiq foydalanuvchi a’zo bo‘lgan.
“President.uz” saytida Prezidentning Twitter, Facebook, YouTube va Instagram’dagi akkauntlariga havolalar ham berilgan. Kanal 19 avgust kuni ochilgan.
Rasmiy kanalga ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.