Sevara Nazarxon Vatani ne’matlaridan lazzatlanmoqda
Doimiy ravishda chet elda safarda bo‘ladigan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon ayni damda Vatanida hordiq chiqarmoqda.
27 aprel kuni qizi Iman Anvarni dunyoga keltirgan xonanda bugun uning tarbiyasi bilan band hamda yurtining ne’matlaridan bahra olmoqda.
“Bizning shirmoy non va tarvuzimizga teng keladigan ne’mat bo‘lmasa kerak – jannatning lazzati!”, deb yozadi Nazarxon.