Xushovoz xonanda Sardor Mamadalievdan 2015 yilgi rejalari haqida so‘raganimizda, “uylanmoqchiman”, deya kulib javob berdi.
Har qanday hazilning tagida oz bo‘lsada, haqiqat yotadi. Shunday ekan, xonanda bekorga hazillashmadi, deb o‘ylaymiz. Qolaversa, yangi 2015 yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan xonanda endi keksalarga atab qo‘shiq kuylamoqchi.
Ushbu yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan navbatdagi yakkaxon konsert dasturining tayyorgarlik ishlari hozirdanoq boshlangan.