Xonanda Lola «Sug‘diyona» gazetasiga bergan intervyusida, turmushga chiqqanidan keyingi dastlabki davrda singlisi va yaqin dugonasi unga qanday yordam ko‘rsatgani haqida so‘zlab berdi.
«Katta hovliga kelin bo‘lganman. Supur-sidir, uy ishlari — hammasiga ulgurishim qiyin edi. Uydagilar ketishgach, dugonam Nargiza bilan singlim Anora yordamga kelardi», — dedi xonanda.
«Kechgacha ko‘cha, hovlini supurardik, kir yuvardik, oyna artardik, ovqat pishirardik. Keyin hech kim kelmasidan ular ortga qaytishardi. Hozir kulib eslayapmizu, lekin dugonam va singlim bo‘lmaganida, bilmadim, nima qilardim», — dedi Lola.
«Sug‘diyona» muxbirining: «Uddaburon kelin bo‘lgan ekansiz-da. Bu hiylangizni hech kim sezmaganmi?», — degan savoliga, Lola kulib shunday javob berdi: «Birinchi marta sizga aytyapman».
Ma’lumot uchun, Lola 2005 yili turmushga chiqqan, 2011 yilda ajrashgan. Uning sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux shu yilning 16 yanvar kuni uylangan edi.
Xonanda so‘nggi intervyularidan birida: «O‘z qalbim sohibi bilan oila qurganimda, bundan sobiq erim ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman», -degandi.
|