Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qo'rqmas - soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Turmush qurgan Ayol Baxtsizligining 5 sababi

Mashhur stereotiplarga ko‘ra, oiladagi nizolar to‘ydan 3,5,7 yil o‘tgandan keyin boshlanadi. Ammo psixologlarning fikricha, bunga yillarning emas, ayollarning noto‘g‘ri fikrlari sabab bo‘lishi mumkin ekan. Marhamat, “Lady.mail.ru” nashri sizlarni bu fikrlar bilantanishtiradi.
1-sabab: “Turmushga chiqish  — hayotdagi eng asosiy maqsad” degan fikr
“Har bir qiz albatta turmushga chiqishi lozim” degan fikr qizlarning ongiga muhrlanib qoladi va bu fikr hayotdagi asosiy maqsadga aylandi. Pasportga bosilgan nikoh shtampi har qanday munosabatlardan ko‘ra muhimroq tuyuladi. Turmushga chiqmagan dugonalari ular uchun “ikkinchi navli” insonlarga aylanadi. “Tezroq turmushga chimasam, men ham ularga o‘xshab qolaman”, deb tezroq turmushga chiqishga shoshiladilar.
Agar asosiy maqsad faqat turmushga chiqish bo‘lsa, to‘ydan keyin u dolzarbligini yo‘qotadi, u bilan birga hayotning mazmuni ham yo‘qoladi. Mana orzusiga erishdi, endi nima bo‘ladi? “Rafiqa” bo‘lish degani nima ekan? Notanish vaziyat ayolda norozilik hislarini uyg‘otadi va o‘zini noqulay seza boshlaydi. Bu esa birinchi galda munosabatlarga putur yetkazadi.
Nima qilish kerak: Qiziqishlar doirasini kengaytirish lozim. Butun diqqat e’tiborni qiziqarli, yoqimli, foydali mashg‘ulotlarga qaratish lozim. Bu yangi odatlarni yuzaga keltiradi, endi nikoh haqida orzu qilmay, mavjud voqelikdan quvonib yashashni, har bir voqea-hodisadan zavqlanishni yuzaga keltiradi. Avvaliga bu sizga qiyinchilik tug‘dirsa-da, keyinchalik sog‘lom turmush tarzini shakllantiradi. Shundan keyin ilgarigi hayotingiz bilan hozirgisini solishtirib ko‘rish imkoniyati tug‘iladi.
2-sabab: “Haqiqiy hayot to‘ydan keyin boshlanadi”, degan fikr
“Turmushga chiqib olganimdan keyin nihoyat ... degan orzuim amalga oshadi” deb umid qiladi qizgina. U rafiqalikni biror mansabga mengzaydi, pasportidagi shtampni katta hayotga yo‘llanma deb hisoblaydi. Endi u ilgari amalga oshira olmagan orzularini ro‘yobga chiqarishni istab qoladi. Masalan, “Hozir haydovchilik guvohnomasi shart emas, turmushga chiqsam, bolalarimni metroda sudrab yurmaslik uchun haydovchilik kurslariga borib o‘qiyman” yoki bo‘lmasa, “Turmushga chiqsam, albatta qimmatbaho po‘stin sotib olaman, hozircha ustimdagi paltom ham bo‘laveradi”, degan taqiqlarini amalga oshirishga harakat qiladi. Shu paytgacha ota-onasining, odamlarning fikriga quloq solib kelgani uchun endi hamma orzu-niyatlariga yetishishni istab qoladi. Agar bunga turmush o‘rtog‘i qarshilik qiladigan bo‘lsa, hamma narsadan hafsalasi pir bo‘ladi, uning taqiqlariga bo‘ysunishni istamaydi..
Nima qilish kerak: Xohish va istaklaringizga diqqat bilan yondashing. Turmushga chiqmasdan oldin orzularingizga kim yoki nima qarshilik qilishini aniqlab olang. Turmushga chiqqandan aynan qaysi niyatingizni amalga oshirishingizni ham yana bir karra o‘ylab ko‘ring. Balki, to‘ydan oldin ularni amalga oshirish uchun sizga hech qanday to‘siq yo‘qligi ma’lum bo‘lar.
3-sabab: “Turmush o‘rtog‘im meni so‘zsiz tushunishi lozim”, degan fikr
Ba’zi bir ayollar “Meni turmush o‘rtog‘im so‘siz tushunadi” deb maqtanishadi. Ular uchun nikoh “fikrlarni o‘qish” musobaqasiga aylanib ketadi. Ularning fikricha, sevishib turmush qurilsa, er va xotin bir-birini so‘zsiz tushunadi, baxtli hayot kechirishadi.
Aslida esa muhabbat yetarli garov emas, zaruriy ehtiyojdir. Chunki his-tuyg‘ular vafodorlikka, ro‘zg‘or yukini bo‘lishishda, farzandlar tarbiyasida, kelajak rejalarini amalga oshirishda kafolat bo‘lolmaydi. Chunki bularning barini amalga oshirish uchun er va xotin gaplashishi, suhbalashishi lozim. Bunday hollarda ba’zan fikrning to‘g‘riligini isbotlash uchun baland ovozda gapirishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda ayol  baqirishni haqorat deb tushunishi, “Erga tegib, baxtsiz bo‘ldim”, deb o‘ylashi mumkin. Uning xayolida, oralarida muhabbat qolmaganday, turmush o‘rtog‘i nazar-pisand qilmaganday taassurot uyg‘onadi. 
Nima qilish kerak: Juftingiz sizning fikringizni so‘zsiz tushunishini kutib o‘tirmang, uning his-tuyg‘ularini anglashga harakat qiling, qanday kayfiyatda ekanligiga e’tibor bering. O‘z xohish va istaklaringiz haqida ochiq gapirishni, uning istaklarini ham eshitishni o‘rganing.
4-sabab: “Erim dunyoning barcha musibatlaridan xalos etadi” degan fikr
“Ayol turmushga chiqsagina, baxtli bo‘ladi”, deb o‘ylaydi qiz. U nikohni barcha yomonliklardan — yolg‘izlikdan, zerikishdan, qo‘rquvdan va barcha kasalliklardan asrovchi sehrli dori-darmonga qiyoslaydi. Bunday munosabatlarning fojiali tomoni shundaki, yigit ham nikohdan “davo” izlaydi. Oqibatda yigit ham, qiz ham bir-biridan kutgan natijaga erishmagach, o‘zlarini aldangan his qilib, norozi bo‘lishadi. Ayol uchun nikoh birinchi o‘rinda antidepressant vazifasini o‘taydi. U to‘ydan keyin ham munosabatlar ilk tanishgan paytlari kabidek bo‘lishni istaydi. Munosabatlarning boshqacha tus olishini u ruhan qabul qilolmaydi.
Nima qilish kerak: Eng avvalo turmushga chiqishni davolovchi xususiyat deb o‘ylashingizni tan oling. Bunday qopqonga har qanday ayol tushishi mumkin, u erkak oldiga keragidan ortiq talab qo‘yadi. Bu noto‘g‘ri, barcha muammolarni turmushga chiqish yo‘li bilan hal etib bo‘lmasligini tushunish lozim. Ularni hal etishning boshqa yo‘llarini qilirib ko‘rish kerak bo‘ladi. 
5-sabab: “Nikoh hayotimni tubdan o‘zgartiradi” degan noto‘g‘ri fikr
Ba’zan qizlar “Turmushga chiqsam, bu gadoy topmas joylardan, katta shaharga ko‘chib ketaman”, deb o‘ylaydi. Agar bu fikr amalga oshsa xo‘p-xo‘p, ammo uni amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa-chi? Shundan keyin ayolda juftiga nisbatan nafrat hissi uyg‘onadi. Masalan, to‘ydan oldin yigit qizga oila qurgach, chet elga ketishga va’da bergan, ammo keyinchalik vatanida unga yaxshi ish taklif etishgani uchun chet elga borish fikridan voz kechgan bo‘lsa, rafiqasi kechirmaydi. Ayol o‘zini aldangan deb his qiladi.
Nima qilish kerak: Muammolarni mustaqil hal qilishni o‘rganish lozim. Turmushga chiqayotganda yigit bilan nafaqat maqsadlar o‘xshash lozim bo‘lishi, balki umumiy qiziqishlar va urf-odatlar, qadriyatlar ham mushtarak bo‘lishi lozim.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6508 | Рейтинг: 0| Рейтинг: turmush, sabab, Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное