Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Ayollarda qorin paydo bo‘lishining asosiy sabablari


Ayollarda unchalik katta bo‘lmagan qorin paydo bo‘lishi yoqimsiz holat. Uni faqat qopsifat kiyimlar yordamida yashirish mumkin. Shuning uchun ayollar qorinda yig‘ilib qolgan yog‘ qatlamlari bilan to‘xtovsiz kurash olib boradi. Parhezlar, sport zallari… Lekin bular kimgadir yordam beradi, kimga esa yo‘q. Nima uchun? Balki bu jangovar harakatlarni boshlashdan oldin uning sabablarini aniqlab olish kerakdir?

Birinchi sabab. Homiladorlik. Lekin bu holatda sport zal ham, parhez ham yordam bera olmaydi.

Ikkinchi sabab. Kuchsiz mushaklar. Bu sabab ayniqsa tug‘ruqdan keyin aktual bo‘lib ketadi, lekin bu holat tug‘magan qizlarda ham yuz beradi. Agar mushaklar zaif bo‘lsa, qorin ichida joylashgan a’zolar og‘irlik kuchi ta’sirida pastga tusha boshlaydi.

Uchinchi sabab. «Erkakcha» tipdagi qomat. Agar yoshlik paytlaridan boshlab ortiqcha yog‘lar qorinda to‘plana boshlagan bo‘lsa, demak bu tabiatan «erkakcha» tipdagi qomatga ega bo‘lishning belgisi hisoblanadi. Buning birdan-bir chorasi kamroq yeyish va ko‘proq harakat qilishdir.

To‘rtinchi sabab. Qandli diabet. Hech qanday sababsiz semira boshladingizmi? E’tibor bering – issiq kunlarda ham, sovuqda ham o‘zingizda haddan tashqari chanqoqlikni his qilayapsizmi? Bularning hammasi qandli diabet kasalligining asosiy belgilari hisoblanadi. Tezda shifokorga uchrashing.

Beshinchi sabab. Uyqu. Olimlarning aniqlashicha, qorin kattalashishi ko‘pincha uxlashni bilmaydiganlarda yuz beradi. Bir sutkada 5 soatdan kam uxlaydiganlar, shuningdek 8 soatdan ko‘p uxlashni yaxshi ko‘radiganlar tashqi ko‘rinishlari orqali jazosini tortadi. O‘zingizni ochlik bilan va sport zallarida qiynashning o‘rniga me’yorida uxlashga o‘rganing.

Abduqodir Sattorov



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 6328 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qorin, Ayol, sabab, semizlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
slada Boshqa sabablari yo`qmi? :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное