Braziliyaning eng baland bo‘yli qizi turmushga chiqmoqda
Braziliyaning
eng baland bo‘yli qizi endi dunyoning eng bo‘yi baland kelini bo‘ladi, deb yozadi
The Daily Mail nashri.
Bo‘yi 203 santimetr
bo‘lgan Elizani da Kruz Silva 3 yildan beri bo‘yi 162 santimetrli Fransilnaldo bilan
uchrashib yuradi. Bo‘ydagi 40 santimetrlik farq hech qachon ular o‘rtasida muammo
bo‘lmagan. U tiz cho‘kkan holda 18 yoshga to‘lgan Elizani qo‘lini so‘radi.
Bu juftlik yaqin
orada nikoh marosimini o‘tkazishni rejalashtirgan. Ammo, ular Elizaning gigantizm
xastaligi sababli farzand ko‘ra olmasliklaridan havotirdalar. Ammo barcha qo‘rquvlarga
qaramay, ular bir oila bo‘lib yashashlarini intizorlik bilan kutishmoqda.