O‘zbek estradasi vakillaridan biri Sardorbek Mamadaliev yaqinda uylanishini tasdiqladi. Bu haqda san’atkor “Darakchi” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qilgan.
Mamadalievning ta’kidlashicha, ijod bilan bandligi tufayli uylanishni shu vaqtgacha kechiktirib kelayotgan edi.
“To‘y kuni hali aniq bo‘lmagani uchun bu haqda hech kimga aytmagandim, - dedi u. – Ammo to‘y sanasi kutilmaganda belgilandi. Barcha muxlislarimni to‘yga taklif etib qolaman”.
Shu bilan birga, san’atkor uning to‘yi qaerda bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot bermadi.
Kun.uz izohi: Ayrim san’atkorlarning “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida qoldirayotgan surat va izohlaridan Sardor Mamadalievning to‘yi bugun, 10 oktabr sanasida bo‘lib o‘tayotgani haqida gumon qilish mumkin.