Samsung kompaniyasi o‘zbekistonlik foydalanuvchilarni shu kunlarda SMS-xabar ko‘rinishidagi spamlar jo‘natilayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda Facebook’dagi Samsung Mobile Uzbekistan sahifasiga asoslanib “Uz24.uz” xabar berdi.
“Huramtli xaridor! Siz Samsung kompaniyasi mahsulotini sotib oldingiz. Biz sizning tanlovingizni qadrlaymiz! Android operatsion tizimidagi telefon sizning hayotingizni yaxshilaydi. Mahsulotimizni xarid qilib, siz Samsung kompaniyasining bonus mahsuloti Galaxy Tab S (10,5 dyuymli) planshetni qo‘lga kiritdingiz. Smartfoningizning kodi N/E 679904314560G. Samsung kompaniyasining o‘zingizga qulay bo‘limida kodingizni ko‘rsatib o‘z sovg‘angizni olib ketishingiz mumkin”, − deyiladi tarqatilayotgan spamda.
Samsung kompaniyasi bunday xabarlarning to‘g‘ri emasligini rasman e’lon qilib, foydalanuvchilarni bunga e’tibor bermaslikka chaqirdi.