Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Samsung C turkumidagi smartfonlar ishlab chiqarmoqchi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi smartfonlari turini kengaytirmoqda.
Xabar qilinishicha, S turkumli yangi smartfonlar koreys kompaniyasining mahsulotlari safini to‘ldiradi.
Ayni chog‘da, 5,2 dyuymli ekranga ega C5000 modeli Hindistonda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bunga eksport-import amaliyotlarini kuzatib boruvchi Zauba saytida joylangan ma’lumot asos bo‘lmoqda. SamMobile manbalarining ma’lum qilishicha, Samsung shuningdek, ekran o‘lchami noma’lum bo‘lgan C7000 rusumli smartfon ustida ham ish olib bormoqda.

Hozirga kunda Samsung kompaniyasining A turkumidagi Galaxy A5 (2016), Galaxy A3 (2016) va Galaxy A7 (2016) modellari iste’molchilarga yaxshi tanish.
Taxminlarga ko‘ra, C5000 va S7000 smartfonlari A turkumi bilan bir xil o‘lchamli ekranlarga ega bo‘ladi. Xitoylik foydalanuvchilarning yirik ekranli smartfonlarga qiziqishi yuqori bo‘lgani sabab, kichikroq ekranli S3000 chiqarilmasligi taxmin qilinmoqda. C turkum modellari birinchi galda Xitoy bozoriga mo‘ljallangan bo‘lsada, boshqa mintaqalarga ham sotilishi mumkin.
Ta’kidlash lozim, S telefonlari sifati jihatidan A turkumidan pastroq, shunga ko‘ra arzonroq turadi.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3306 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Samsung, Samsung C
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное