Samsung brendi ishqibozlari kompaniyada smartfonni “aqlli” halqa yordamida boshqarishga patenti borligini aniqlashdi, deb xabar bermoqda Patently Mobile sayti.
Patentga ishlangan rasmlarga ko‘ra, halqa Android-qurilmalarda dasturlarni, maishiy texnika va uy tizimlarini ishga tushirish va boshqarishga imkon beradi.
Taxminlarga ko‘ra, foydalanuvchilar halqa yordamida TV-kanallar, radiostansiyalarni bir-biriga o‘tkaza oladilar, xonadagi chiroqni yoqa oladilar, kirayotgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish yoki bekor qilishni amalga oshira oladilar.
Qurilma haqida boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum.