«Samsung» 5G-smartfonlari: reja va kutilmagan natija
«REGNUM» kompaniyaning matbuot xizmatiga asoslanib yozishicha, «Samsung» 2019 yili beshinchi avlod aloqa standartiga mansub (5G) 6,7 million dona smartfon ishlab chiqardi.
Rejaga ko‘ra, kompaniya 2019 yil davomida 5G-smartfonlardan 4 milliontasini yetkazib berishni rejalashtirgan ekan. Ko‘rib turganingizdek, bu marra ortig‘i bilan zabt etilgan.
Qayd etilishicha, 2019 yilning oxirgi oyida global bozorga yetkazilgan 5G-smartfonlarning 50 foizidan ortig‘i aynan «Samsung» rusumi ostida edi.
O‘tgan yili 5G-smartfonlarning jami smartfonlar bozoridagi ulushi 1 foiz atrofida aylandi. «Samsung» kompaniyasi 2020 yil 5G-texnologiyalar uchun burilish yili bo‘lishini va 5G-smartfonlarning umumiy bozordagi ulushi 18 foizgacha o‘sishini xomcho‘t qilmoqda.