Mobil qurilmalarga bezak berishga ixtisoslashgan Rossiyaning Feld & Volk kompaniyasi iPhone 6s’ning cheklangan kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda Luxurylaunches xabar beradi.
Double Carbon va Dark Graphite modellarini bezatishda uglerod tolasi, titan va yog‘ochning qimmatbaho turlaridan foydalanilgan. Dizayn Colette fransuz butigi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.
Smartfon narxi hozircha ma’lum qilinmadi. Kompaniya mahsulotlarining o‘rtacha narxi 120 mingdan 370 ming rublgacha baholanadi.