Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyada vafot etgan 5 oylik tojik bolaning o‘limi sabablari aniqlandi

30 oktyabrda Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosiga 5 oylik Umarali Nazarov jasadining tahlili natijalari keldi. Shifokorlarning dastlabki tashxisi tasdiqlandi – bola o‘tkir respirator virusli infeksiyadan vafot etgan. Kunning ikkinchi yarmida natijalar Sankt-Peterburgning Neva tumani tergov bo‘limiga yuboriladi.
5 oylik Umarali joriy yilning 14 oktyabrida Simblin nomidagi bolalar reabilitatsiya Markazida vafot etdi. Shifokorlar avvaliga “go‘dakning to‘satdan o‘lishi sindromi” tashxisini qo‘ydilar, keyinchalik Tergov qo‘mitasi “o‘tkir respirator infeksiya” degan taxminni aytdi.
“Katta odamlar uchun xavf tug‘dirmaydigan kasallik, bir yoshga to‘lmagan go‘daklar uchun o‘limga olib kelishi mumkin – go‘daklarda immunitet hali hosil bo‘lmagan bo‘ladi. Bola shifoxonaga tushmasidan oldin kasal bo‘lgan”, deb byurodagi manba xabar berdi Life78 nashriga.
Kasallik aniqlangandan so‘ng ekspertlar tibbiy klinik ekspertiza belgilaydilar, unda mutaxassislar kasallik tarixi va uning davosini o‘rganadilar hamda bolaga qanday dori vositalari qachon, qaysi vaqtlarda qo‘llanganini aniqlaydilar. Ushbu ekspertiza natijalariga ko‘ra bolaning o‘limidagi aybdor shaxs aniqlanadi, deb tushuntirish berdi Life78 manbasi.
Ushbu voqea Rossiya va Tojikistonda shov-shuv bo‘lib ketdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, bolakayning o‘limi haqida Putinning o‘ziga xabardor qilingan.
Bolaning o‘limi bo‘yicha “Ehtiyotsizlik oqibatida o‘lim yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Shuningdek, tergovchilar Umaralining ota-onasiga nisbatan ham tekshiruv boshlashdi, ular “o‘z ota-onalik burchlarini bajarmaganlikda” gumon qilinmoqdalar. 
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Tojikiston prezidenti bilan uchrashuvi davomida  tojik muhojirlarining 5 oylik farzandi o‘limi bo‘yicha tergov ishi o‘z oxirigacha yetkazilib, aybdorlar jazolanishiga va’da berdi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 12085 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tojik, 5 oylik, Bola, aniqlandi, o‘lim sabablari, Rossiya, vafot etgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dilso'z пишет: | 31.10.2015 | 14:41 #1 Страница с комментарием
omina1710 Voy bechora bola :'(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное