Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14 foizga tushirdi
“Iqtisodiy zarar ehtimoli balansi ilgarigiday iqtisodiy jarayonlarning yanada susayishi tomonga og‘ib turibdi. Qabul qilingan qaror zarar ehtimolining pasayishiga yordam beradi, shu bilan birga u inflyatsiya bosimining kuchayish xavfini yaratmaydi”, – deyiladi bankning matbuot xabarnomasida.
Ko‘rsatkichlarga dastlabki o‘zgartirishlar 2015 yilning 30 yanvar kuni kiritilgan edi. O‘shanda ko‘rsatkich 17 foizdan 15 foizga tushirilgan edi. Endilikda stavka yana bir foiz punktiga tushirilishi aytilmoqda. Rossiya Banki direktorlar kengashining 2015 yil 30 aprelida bo‘lib o‘tadigan keyingi yig‘ilishida asosiy stavka masalasi ko‘rib chiqiladi.