Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiya Markaziy banki 2015 yil boshida rubl kursining mustahkamlanishini izohladi

Rossiya Markaziy banki raisi o‘rinbosari Kseniya Yudayevaning “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, 2015 yilning boshida rubl kursining mustahkamlanishiga rublli aktivlar daromadining oshishi sabab bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, Markaziy bank tomonidan asosiy stavkaning ko‘tarilishi ham muhim ahamiyat kasb etgan.
“O‘tgan yilning dekabr oyida asosiy stavka oshirilgan edi. Shundan so‘ng Rossiyaning rublda hisoblanuvchi aktivlari daromadi keskin o‘sa boshladi. Rossiya aktivlari bugungi kunda dunyodagi eng serdaromad aktivlar bo‘lib qolmoqda. Shu bois ular ham rossiyalik, ham xorijlik investorlar orasida mashhur”, – dedi mutaxassis o‘z intervyusida.
Yudayevaning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti o‘zining qudratini va barqarorligini ko‘rsata oldi. Ko‘pchilik ekspertlar uning tushkunlikka uchrashini bashorat qilayotgan edi, lekin mamlakat iqtisodiy tizimi tashqi zarbalarga bardosh bera oldi.
Shuningdek, Markaziy bank vakili neft narxining oshishi Rossiya iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini bayon qildi.
2014 yilda neft narxining tushishi, geosiyosiy tahdidlar, iqtisodiy va siyosiy cheklovlar, salbiy inflyatsion va deflyatsion bashoratlar rubl kursining keskin tushishiga olib keldi. Ammo Rossiya bankining va moliyaviy institutlarining xatti-harakatlari milliy valyuta quvvatini qisman tiklab, iqtisodiy hayotning jonlanishiga yordam berdi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3749 | Рейтинг: 0| Рейтинг: rubl, Markaziy bank, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное