O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov jahon chempionatlaridagi o‘yinlarni boshqarish bo‘yicha rekordni yangilashda davom etadi.
Hakamimiz va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatidan o‘rin olgan Argentina – Xorvatiya uchrashuvini boshqarganidan xabaringiz bor.
Ravshan Ermatov va uning jamoasi endilikda Ispaniya – Marokash uchrashuviga tayinlanishdi.
Uchrashuv 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Ushbu o‘yin Ravshan Ermatov uchun mundiallardagi 11-o‘yin sifatida tarixga kiradi.