Bugun, 23 yanvar kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida yurib ketayotgan avtobus yonib ketdi, deb xabar beradi kazakhstan today nashri.
Chimkent Ichki ishlar boshqarmasi tezkor guruhi xodimlari bu voqeani kuzatuv kameralari aniqlagan va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berishgan. Yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Polisiyaning xabar berishicha, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan “Shaulin” rusumli avtobus 2014 yilda ishlab chiqarilgan. Ushbu avtobus Chimkent shahridagi 22-yo‘nalish bo‘yicha ketayotganda yong‘in chiqqan. Yong‘in vaqtida bu avtobusda ikki nafar yo‘lovchi va haydovchi bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan. Hozirgi vaqtda bu yong‘in sabablari aniqlanmoqda.