Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istonda bitiruvchilarning davlat imtihoni bekor qilindi

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tarqlishi ortidan o‘rnatilgan favqulodda holat sabab maktab bitiruvchilarining davlat imtihonlari bekor qilindi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.

Masofaviy o‘qish tartibiga o‘tgan maktab ta’limida bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi va attestatlarni berish fanlar bo‘yicha yil davomida olingan baholar asosida amalga oshiriladi. Yagona milliy test muddati o‘zgarishsiz qoladi. Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi shunday qarorga kelgan.
"Barcha o‘zgarishlar vazirlik buyrug‘iga kiritildi. Alohida imtihon o‘tkazilmaydi. Bu baholashda maksimal shaffoflikni ta’minlaydi", deyiladi vazirlik qarorida.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 840 nafarga yetdi. 10 kishi virusdan halok bo‘ldi va 64 nafar bemor davolandi.
Sunnatilla Abdullaev


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2125 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qozog‘istonda, bitiruvchilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное