Nexia va Gentra Qozog‘istonda eng xaridorgir mashinalar o‘ntaligiga kirdi
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Nexia va Gentra avtomobillari Qozog‘istonda eng xaridorgir mashinalar o‘ntaligiga kirdi. “Avtokonsalting.KZ” agentligining ma’lumotlariga qaraganda, joriy yilning sentyabrida ularning reytingi ko‘tarilib, Hyundai Elantra’ning kuchli o‘ntalikdan siqib chiqargan.
Sentyabrda Qozog‘istonda 238 dona Nexia va 227 dona Gentra sotildi. Shu tariqa, ular 9 va 10-o‘rinlarni egallashdi.
Reyting boshida Lada Priora turibdi (650 xarid). Undan keyingi o‘rinlarni Hyundai Accent va Volkswagen Polo Sedan modellari egalladi. Bundan tashqari, kuchli o‘nlikka Kia Rio, Renault Duster, Renault Logan, LADA Largus, Renault Sandero o‘rin oldi.