Nexia Rossiyada eng ommabop avtomobillar uchligiga kirdi
Rossiya ikkilamchi avto bozorida Daevo Nexia modeli eng ommabop mashinalar reytingida uchinchi o‘rinda qayd etildi. Mazkur reyting «Avtostat» nashri tomonidan tuzib chiqilgan.
«Avtostat» 2015 yilning birinchi yarimyilligi davomida Rossiya ikkilamchi bozoridagi oldi-sotdi munosabatlarini o‘rganib chiqqan. Tahlilchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, rossiyaliklar uchun eng ommabop mashinalar sifatida Hyundai Solaris, Toyota Corolla va Ford Focus markalari qayd qilingan.
Bundan tashqari, Rossiyada KIA Rio va Renault Logan mashinalarning foydalanilgan turlari ommabop bo‘lib turibdi.
Yarim yil davomida Daevo Nexia’ning 4 yildan 7 yilgacha muddatda ishlatilgan markalari mazkur kategoriya bo‘yicha eng ommabop uchinchi avtomobil bo‘lib turibdi.