Bugun, 29 avgust kuni Toshkent shahrining Amir Temur shoh ko‘chasida, Shahriston ko‘chasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot tarqalgan.
“Universam” bozoridan Toshkent teleminorasi tomonga harakatlangan “Chevrolet Gentra” avtomobili yo‘l o‘rtasiga o‘rnatilgan to‘siqlardan oshib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ag‘darilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar aniqlanmoqda.
Guvohlarning taxminlarga ko‘ra, Gentra haydovchisi YTHga sababchi bo‘lgan, u katta tezlikda yo‘lning chet qismida harakatlangan va avtomobilni boshqara olmay to‘siqqa urilgan.