Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 400 kishidan oshdi
Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 kishidan oshib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston davlat komissiyasi tezkor shtabi xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan.