Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari voqea joyiga 10 daqiqada yetib kelishgan.
17 dekabr kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalarini bog‘lovchi chorrahada Mersades Benz rusumidagi avtobus yonib ketdi. Bu haqda www.facebook.com ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida, Telagram messenjerida xabarlar hamda voqea joyidan olingan suratlar va videotasvirlar tarqaldi.
Orqa tarafdan chiqqan olov avtobusning saloniga ham o‘z ta’siri o‘tkazmay qolmagan. Yo‘lovchilar orasida shikastlanganlar yo‘q. Mazkur yo‘lovchi tashish transportining raqami va qaysi avtobus saroyiga tegishli ekani haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Xabar berishlaricha, Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari 10 daqiqada voqea joyiga yetib kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar mamlakatimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" deb e’lon qilingan edi.