Restayling qilingan Ravon Matiz mashinasi 2016 yildan boshlab Rossiya avtobozorlariga chiqariladi.
Subkompakt xetchbek xavfsizlik yostiqchasi, ABS, immobilayzer hamda Isofix bolalar o‘rindiqlarini mustahkamlash tizimiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ertalabki chiroqlar, orqa ko‘rinishni beruvchi oynalar dizayni o‘zgaradi.
Ilgariroq xabar qilinganidek, Matiz 2015 yili “Rossiyada yil avtomobili” mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Shu davr ichida Rossiyada bu mashinalardan 300 ming dona sotilgan.