Bloomberg 2016 yilda dollar rekord darajada o‘sishini prognoz qilmoqda
2016 yilda AQSh dollari kursi kanada dollari, britan funti va norveg kronasidan tashqari, barcha asosiy raqobatchilariga nisbatan o‘sadi. Bunday ma’lumotlar Bloomberg axborot agentligi ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda berilgan.
Ekspertlarning fikricha, Yangi Zelandiya va Avstraliya dollarlari hamda shveysar franki kursi hammadan ko‘proq tushib ketadi (5,5-8 foiz). AQSh dollariga nisbatan Daniya va Shvesiya kronalari (5 foiz), yapon ienasi (3,5 foiz), yevro (3 foiz) kursi tushib ketadi.
Ekspertlarning fikricha, dollarning kutilayotgan mustahkamlanishi 2015 yil dekabrida qabul qilingan, AQSh Federal zaxira tizimining tayanch stavkasining oshirilishi haqidagi qarori bilan bog‘langan. Ekspertlar 2016 yilda iqtisodiy o‘sish davom etsa, stavka yana 4 marotaba oshirilishi mumkinligi aytishmoqda.