Bilasiz, ayol husni parvarish talab qiladi. Ayniqsa yosh ulg‘aygani sayin bu talab ham kuchayaveradi. Shaxsan men yuz parvarishi uchun tabiiy vositalardan foydalanishni ma’qul ko‘raman. Tuxum va ko‘k choyli niqob
1 dona tuxum sarig‘ini 1 choy qo‘shiq o‘simlik yog‘i bilan iylab, toza damlangan ko‘k choy bilan bir necha tomchi limon sharbati ham tomizing. Niqobni yuzga 15 daqiqaga surib qo‘ying, so‘ng o‘tli damlama bilan yuvib tashlang. U qon aylanishini yaxshilaydi, yuzni namlantiradi va ajinlar tortiladi. Oziqlantiruvchi niqob
1 dona tuxum sarig‘iga aloy eti, 3 osh qoshiq quruq sut, 1 choy qoshiq asalni qo‘shib, aralashtiring. U xudi smetanadek quyuq bo‘lishi kerak. Yuz terisiga 20 daqiqaga surib qo‘yib, yuvgandan so‘ng, ustidan muz bo‘laklari bilan yengil ishqalang. Ajinlar tortiladi. Tayyor niqobni esa muzlatkichda saqlash ham mumkin. Mayda ajinlarga qarshi tuxumli niqob.
U juda oddiy va ko‘p vaqt talab qilmaydi. 1 dona tuxum sarig‘ini olib, unga yarim choy qoshiq asalni qo‘shing. Aralashmani yuzingizga surtib, 5 daqiqadan so‘ng sovuq suvda yuvsangiz, mayda ajinlar tortiladi.