Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ra’no Yarasheva: «Barchangizdan kechirim so‘rayman...»


Ramazon – oylarning sultoni, sayyidi, eng yaxshisi bo‘lib kelgan va hamisha shunday bo‘lib qoladi. Bu oy insonlar bir–birlari haqida qayg‘urib, mehr–oqibat ko‘rsatishadi, xato-kamchiliklar kechiriladi, arazlar unutiladi. Yana mo‘’jizalar ham yuz beradi! O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no YaRAShEVA Ramazon oyi bilan bog‘liqxotiralarini shirin entikish bilan eslaydi. Nega deganda... qolganini suhbatdoshimizning o‘zidan eshiting.

— «Ramazon aytib keldik eshigingizga...»

— Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida dunyoga kelganman. Ikki yoshimda Xadicha buvim, Payshanbaqo‘rg‘oniga olib ketganlaricha, sakkiz yoshimgacha ular bilan yashaganman. U taraflarda Ramazon boshqacha aytilardi: «Rabibam, yo rabibam yo Ramazon. Rabibam aytib keldik eshingizga Xudoyim o‘g‘il bersin beshingizga!» Buvim rahmatli Ramazon aytib kelgan bolalarni uyga olib kirib, ularni iftorlik dasturxonidagi noz-ne’matlar bilan siylardilar. Bolalarga pul berilmasdi va bu juda to‘g‘ri ish bo‘lgan. Agar bolaning qo‘liga pul tutqazilsa, keyinchalik Ramazon haqida noto‘g‘ri talqin paydo bo‘lishi mumkin. Shu bois kattalar bu holatga nihoyatda diqqatli bo‘lishlarini so‘rardim.

— Birinchi marta ro‘za tutganingiz yodingizdami?

— Buvim diniy–dunyoviy bilimlardan xabardor, taqvodor ayol edilar. Ularga havas qilib, maktabga chiqmasimdan burun ro‘za tuta boshlaganman. Buvimning qo‘yniga suqulib yotishni yoqtirardim-da, ertalab saharlikka turganlarida ularga ergashib, og‘iz yopardim. «Іali kichiksan, qiynalib qolasan» desalar dod-voy qilib bo‘lsa ham aytganimni qilardim. Eng qizig‘i, ertalab uyqudan uyg‘onganimdan so‘ng odatdagidek nonushta qilardim, ochqasam taomlanardim, suv ichardim, buvimning ko‘zi tushib qolsa, «Ro‘zador eding-ku» derdilarda, shu uvvos solib yig‘lardim, asti so‘ramang. Buvim esa «Bilmasdan yeb qo‘ygansan-da, kechirimli bolam, qolganini tutaver» derdilar. Iftorlikda ham hech narsa bo‘lmagandek, astoydil niyat qilardim kattalarga qo‘shilib, jajji qo‘llarimni duoga ochib, bir nimalarni so‘rardim. Ajoyib damlar edi. Bolaligimni eslatdingiz-u, yuragim to‘lib ketdi (ko‘zlari yoshlandi).

— Bu oyda mo‘’jizalar ro‘y beradi deyishadi?

— Bundan uch yil avval o‘t pufagimni jarrohlik amaliyoti yordamida olib tashlashdi. Unga qadar har Ramazon ro‘zasini sidqidildan ado etganim bois juda qiynaldim. Chunki shifokorlar qat’iy parhez buyurishgandi-da. Mo‘’jizalarga kelsak, bir necha yillar avval Ramazon oyi ibodat qilayotib, joynamoz ustida ikki santimetrcha ko‘tarilgandek bo‘lganman. Ehtimol bu mening xayolimda ro‘y bergandir, lekin hissiyotlar haqiqiy edi. Bilasizmi, ulug‘ oy oldidan meni tanigan – bilgan barcha-barchadan kechirim so‘rayman. Bilib–bilmay kimningdir ranjitib qo‘ygandirman, noo‘rin so‘zlagandirman yoxud biror iltimosi yerda qolgandir, mendan o‘tgan bo‘lsa ma’zur tutingiz. Yo‘l–yo‘lakay qoqilib ketdingizmi, bilingki bu kimnidir xafa qilganingiz jazosi. Іayotingizda biror noxushlikka duchor bo‘ldingizmi, ortingizga qarang, hech kimga dilozorlik qilmaganmisiz?.. Ramazon oyi istig‘for qiling, astoydil so‘rang, gunohlaringiz kechirilgay.

— Muborak oyda xafalashganlarni yarashtirgan paytlaringiz bo‘lganmi?

— Bu kabi voqealarni eslolmadim, ammo Ramazon bahonasida xafalashgan insonlarim bilan yarashgan paytlarim ko‘p. Fe’lim salgina og‘irroq bo‘lishi mumkin-da ba’zan. Ammo nima bo‘lishidan qat’iy nazar Mohi Ramazon oyida hech kim bir-biri bilan xafalashmasin.

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11355 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Barchangizdan kechirim so‘rayman, Ra’no Yarasheva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное