O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva nabirali bo‘ldi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva xonadonida navbatdagi nabira dunyoga keldi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
“Uchta o‘g‘il nabiram bor, shunisi qiz bo‘lsa, albatta, onamning ismlarini qo‘yaman, deb niyat qilgandim, niyatim xolis ekan. Chaqaloqqa Saodat deb ism qo‘ydik”, – dedi Ra’no Yarasheva.