Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

Go‘zallik sirlari haqida nimalarni bilasiz?


Go‘zallik bu mavhum tushunchadir. Uni har kim turli rakurslarda ko‘radi va his qiladi. Biroq, jamiki insoniyat uchun ayol go‘zallik va nafosat timsoli hisoblanadi.

Moda olamining mashhur yulduzi Koko Shanel shunday degan edi.”Bu dunyoda xunuk ayolning o‘zi yo‘q, shunchali xafsalasiz ayollar ko‘p”.

Darhaqiqat, ayol go‘zal va latofatli bo‘lmog‘i uchun o‘ziga nisbatan ozgina e’tibor kifoyadir. Buning uchun ular nimalarga ahamiyat berishi lozim.

1.Har qanday vaziyatda o‘ziga bo‘lgan kuchli ishonch va ichki xotirjamlik. Doimo xush kayfiyatda yurish.

2. Quyidagi foydali mahsulotlar(baliq, qo‘y go‘shti sabzi, karam, banan, ko‘k choy hamda zaytun yog‘i) doimo ayollarning ovqat ratsionida bo‘lishi lozim. (Yuqorida keltirib o‘tilgan mahsulotlardan biri zaytun yog‘i turk ayollarining go‘zallik siri hisoblanadi. Uni deyarli barcha taomlarga qo‘shib iste’mol qilinsa, ayollarning sochlari serjilo hamda terisi mayin bo‘ladi.)

3. Jozibali ko‘rinish uchun kun davomida kamida o‘n marotaba yoqimli o‘ylar haqida xayol surish. Miyangizda qanchalik yaxshi o‘y- fikrlar ko‘p bo‘lsa, harakatlaringiz ham shunga munosib tarzda bo‘ladi.

4. Tez-tez do‘konlarni aylanish va nimanidir xarid qilish. Bu ayollar kayfiyatining “oltin kalitidir”.

5.Oilasi, farzandlari davrasida bo‘lish va undan olinadigan ruhiy quvvat, ayol sog‘ligi va latofati uchun juda muhimdir.

Go‘zallik dunyoni qutqaradi deyishadi. Ayolning go‘zalligi
va oqilaligi oilasining farovonligi hamda farzand tarbiyasi uchun muhim hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi maqolalarimizdan birida suniy go‘zallikning qurboniga aylangan ayrim ayollar haqida to‘xtalib o‘tgan edik.

Mehrangiz G‘aniyeva



Категория: Qiziqarli
Просмотров: 8512 | Рейтинг: 0| Рейтинг: go‘zallik sirlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное